Bizning missiya — foydalanuvchilarning o‘zaro aloqasini muntazam ravishda yaxshilash, odamlarga o‘z maqsadlari sari harakat qilishda yordam berish.

2003-yildan beri biz safarlar, yuk tashishlar, xaridlar va yetkazib berishlar hamda yo‘lda yordamlarni buyurtma qilish bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni yaratamiz, ular xizmatlarni yanada zamonaviyroq, hamyonboproq va xavfsizroq qiladi.

Ham megapolislar, ham chetroq shaharlarga xos jihatlarni hisobga olgan holda, yagona servis asosida biz turli foydalanuvchilarga samarali o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini beramiz. Xizmatlarni buyurtma qilish qulay usulda amalga oshiriladi. Buyurtmalarni bajarish — ularni qidirish jarayonlarini qulaylashtirib, bo‘sh yurish va turib qolishlarni qisqartirgan holda amalga oshiriladi.

Kompaniya tarixi Uralning Shadrinsk shaharchasidagi kichik taksi xizmatidan boshlangan. Kompaniyaga Kurgan shahridan yosh muhandislar, texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassislar asos solgan.

Kompaniya asoschilari o‘zlarining shaxsiy avtomobillarida taklif qilingan haydovchilar bilan birga taksichi bo‘lib ishlagan.

Ular buyurtmalar bilan ishlashni maksimal darajada avtomatlashtirib, servisni ommalashtirmoqchi bo‘ldi.

Kompaniya ishini muntazam takomillashtirish yo‘li mehnat taqsimotiga olib keldi. Har bir kishi o‘z ishini bajarishi kerak: kimdir zamonaviy aloqa markazlarini qurib, operatorlarni o‘qitishi, kimdir esa — dasturiy mahsulotlarni yaratib, texnik ko‘mak ko‘rsatishi, yana kimdir — foydalanuvchilarni jalb qilishi, qolganlar — tashish bilan shug‘ullanishi kerak.

Hozirda xizmatlarni ko‘rsatish uchun xilma-xil bilim sohalaridagi mutaxassislar jamoalari birgalikda ishlaydi.

Ilk olti yil ichida 4 ta shaharda ish yo‘lga qo‘yildi. Samarali biznes-jarayonlar tashkil etildi va o‘zaro manfaatli hamkorlik an’analari ishlab chiqildi, ular kompaniyaning yanada kengayishini ta’minladi. Shu tariqa, 2009-yilda biz bir yo‘la yettita yangi shaharda, 2010-yilda esa 17 ta shaharda bo‘linmalarimizni ochdik, so‘ng o‘sish sur’atlari yiliga 22 va undan ko‘p shahargacha yetdi. 2020-yilda servisning Rossiyadagi faoliyati geografiyasi 500 dan ortiq aholi punktini qamrab oldi.

Har bitta shaharda biz raqobatni kuchaytiramiz, odamlar va iqtisodiyot manfaati uchun ishlaymiz.

Bu umumjahon trendiga aylanishidan bir necha yil avvalroq biz foydalanuvchilarning to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro aloqasi uchun sohaga oid raqamli platformani yaratganmiz. 2007-yildayoq servisga ulangan haydovchilarni buyurtmalar bilan ishlashda ratsiyadan mobil ilovaga o‘tkazganmiz. Biznesni yuritishga innovatsion yondashuvimiz hamda foydalanuvchilarning o‘zgarib turuvchi talablariga javob berish istagimiz orqali transport xizmatlari zamonaviy bozorining o‘zgarishi va shakllanishida faol qatnashmoqdamiz.

Bizning intilishlarimiz va tajribamiz tufayli kuchli dasturiy-apparat kompleksi ishlab chiqilganidan faxrlanamiz, u xizmatning faoliyat yuritishini ta’minlaydi va biznesni uddaburonlik bilan boshqarish uchun batafsil analitikani taqdim etadi.

Kecha-kunduz telefon, saytimiz va “Maxim” ilovasi orqali kelib tushadigan juda ko‘p sonli buyurtmalarni Rossiyadagi eng yirik ixtisoslashgan aloqa markazi qabul qiladi va ko‘rib chiqadi. U, shuningdek, Taxsee Driver ilovasi orqali ishlaydigan haydovchilar va kuryerlarga xizmat ko‘rsatadi. Bizning talablarimiz asosida operatorlarni kasbiy o‘qitish tizimi ishlab chiqildi.

2014-yildan biz Rossiya Federatsiyasidan tashqarida ishlashni boshladik hamda yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida bo‘linmalarimizni ochdik. Biz xalqaro miqyosdagi kompaniyaga aylandik.

Biz global brendga aylanishga intilmoqdamiz, toki, odamlar turli shaharlar va mamlakatlarda sayohat qilayotib, hamma joyda “Maxim” servisi xizmatlaridan foydalansin.

Biz jahon bozori yetakchilari bilan tengma-teng tarzda texnologiyalar va biznes barpo etishdan mamnunmiz.

Yo‘lga chiqish vaqti keldi!